Yakshanba, 27.05.2018, 02:22
Главная | Регистрация | Вход Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР [21]
SMS TABRIK SHERLARI / СМС табрик шерлари [2]
14-fevral sevishganlar kuni / 14-февраль День святого Валентина (день влюбленных) [3]
8 MART TABRIK SHERLAR / 8-МАРТ ТАБРИК ШЕРЛАР [9]
21-MART NAVRO'Z TABRIKLAR VA SHERLAR / 21-МАРТ НАВРОЗ ТАБРИКЛАР ВА ШЕРЛАР [20]
1 aprel sms hazillar sherlar / 1 апрель День смеха [1]
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARIGA TABRIKLAR / 14-ЯНВАР ВАТАН ХИМОЯЧИЛАРИГА ШЕРЛАР [5]
YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ШЕРЛАР [20]
SMS XAYIT BAYRAMI TABRIKLARI / СМС хайит байрамига шерлар [0]
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ / TUG'ILGAN KUN SHERLARI [7]
Do'st haqida sherlar / ДОСТ ХАКИДА ШЕРЛАР [3]
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК / СМС ПОЗДРАВЛЕНИЯ [1]
SMS PRIKOL SHERLAR / СМС ПРИКОЛ СТИХИ [0]
SMS LATIFALAR / СМС ЛАТИФАЛАР [0]
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР [0]
IBRATLI, HIKMATLI, MA'NOLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ, МАЬНОЛИ ШЕРЛАР [11]
MAKTAB HAQIDA SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР [1]
SMS TOPISHMOQLAR / СМС ТОПИШМОКЛАР [2]
OTA-ONA HAQIDA SHERLAR / ОТА-ОНА ХАКИДА ШЕРЛАР [1]
SOG'INCH HAQIDA SHE'RLAR / СОГИНЧ ХАКИДА ШЕРЛАР [3]
AZOB, XIJRON HAQIDA SHERLAR / АЗОБ, ХИЖРОН ХАКИДА ШЕРЛАР [10]
SMS AYRILIQ SHERLAR / АЙРИЛИК ХАКИДА ШЕРЛАР [5]
To'yga, Kelinga, Kuyovga atalgan sherlar / Туй, Келин, Куйов хакида шерлар [7]
Hayot haqida ta'sirli sherlar / Хаёт хакида таьсирли шерлар [2]
QIZLAR ISMLARIGA SHERLAR / КИЗЛАР ИСМИГА АТАЛГАН ШЕРЛАР [0]
BAXOR, YOZ, KUZ, QISH FASLI HAQIDA SHERLAR / БАХОР, ЁЗ, КУЗ, КИШ ФАСЛИ ХАКИДА ШЕРЛАР [2]
ER-XOTIN UCHUN SHERLAR, SEVGI SHERLAR / ЭР-ХОТИН ХАКИДА ШЕРЛАР [0]
QIZLARGA ATALGAN SHERLAR / КИЗЛАР УЧУН ШЕРЛАР [0]
YIGITLAR UCHUN SHERLAR / ЙИГИТЛАРГА АТАЛГАН ШЕРЛАР [0]
Наш опрос
Saytga baxo bering / Оцените сайт
Всего ответов: 23
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2017 » Dekabr » 26 » "Ko'klamoyim" Bahor fasliga atalgan sher
23:44
"Ko'klamoyim" Bahor fasliga atalgan sher
Sochimda oq, men bahordan o‘tindim:
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.
Qor qo‘ynida seni qo‘msab o‘kindim,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Ko‘nglimga ko‘k binafshalar sochilsin,
Kokiliga tolpopukdan soch ilsin,
Boychechakka borar yo‘llar ochilsin –
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Fasl boshi, ham oxiri o‘zingsan,
Majnunlarning yo‘ldoshi ham o‘zingsan.
Laylilarning sirdoshi ham o‘zingsan,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Kel-da endi sog‘intirmay odamni,
Sen yo‘g‘ingda bir g‘am bosdi yelkamni,
Qorlar kurab ko‘mib keldim otamni...
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Ko‘king bilan kiyintiray dalamni,
Oyoqyalang suyuntiray bolamni,
O‘zing olgin ko‘ksimdagi alamni,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Ginam yo‘qdir kuzda ketgan oqqushdan,
Iymanmasin qayta eshik qoqishdan.
Qumri bilan birga chiqdik biz qishdan,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Jon ustida asrab yuray ko‘kni men,
To‘yib-to‘yib ko‘zga suray ko‘kni men.
Yana senga yetamanmi-yo‘qmi men,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Dil yayrasin dala-dashting yasanib,
Yalpizlaring suv bo‘yiga yastanib.
Ikki misra bayt bitay bir maqtanib,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim!..

Muhammad Yusuf she'ri
Категория: BAXOR, YOZ, KUZ, QISH FASLI HAQIDA SHERLAR / БАХОР, ЁЗ, КУЗ, КИШ ФАСЛИ ХАКИДА ШЕРЛАР | Просмотров: 503 | Добавил: MASSARI | Теги: bahor, muhammad yusuf she'ri, ko'klamoyim, bahor haqida sher | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск

Copyright MyCorp © 2018